Google o‘zining tasvir qidiruv xizmati 25 yilligi munosabati bilan platformada keng ko‘lamli o‘zgarishlar kiritdi. Bu xizmat ilk bor 2001-yilda ishga tushgan va uning asosiy motivatsiyasi foydalanuvchilarning Grammy mukofoti marosimida Jennifer Lopezning mashhur ko‘ylagini ko‘rish istagi bo‘lgan. Aynan shu voqea Google muhandislarini tasvir qidirish imkoniyatini yaratishga undagan.
Google Images’ning yangi versiyasida sodda va minimal foydalanuvchi interfeysidan tashqari sun'iy intellekt asosidagi funksiyalar ham qo‘shilgan bo‘lib, qidiruv tajribasini oldingidan ham aqlli va tez qiladi. Ushbu yangilanish orqali Google foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada yaxshi qondirish va ilg‘or texnologiyalar yordamida aniqroq natijalar taqdim etishni maqsad qilgan.

