So‘nggi yillarda Amerikada o‘rmon yong‘inlarining ko‘payishi va ularning yillik muammoga aylanishi bilan davlat idoralari va texnologiya kompaniyalari ushbu inqirozni tezroq nazorat qilish uchun innovatsion yechimlarni izlamoqda. Ushbu yozda Kaliforniya va Alyaska hududlarida suv purkagich va yong‘inga chidamli materiallar bilan jihozlangan dronlar yong‘inlarni dastlabki bosqichlarda o‘chirish qobiliyatini baholash uchun sinov qilindi.
Bu dronlar kichik o‘lchamlari va cheklangan uchish masofasi tufayli katta samolyotlarni almashtira olmasada, ularning maqsadi yong‘in o‘chirish kuchlariga tezkor javob berishda yordam berish va yong‘in tarqalishining oldini olishdir. Kaliforniya O‘rmon va yong‘inlarni muhofaza qilish departamenti (CAL FIRE) tomonidan yaqinda o‘tkazilgan sinovda beshta avtonom dron birgalikda 500 dan 1000 gacha galon yong‘inga chidamli ko‘pikdan foydalanib yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu loyiha notijorat tashkilot FireWERX hamda Senka kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 2026-yildan boshlab ushbu dronlar tijorat maqsadida ishga tushiriladi.

